MEDICAL TODAY • № 12 | 2026

Estetik Ginekologiya

Estetist ginekolog vrach Surayyo Vahobjonovna
“Shifokor — bu kasb emas, bu chaqiriq. Insonlarga yaxshilik qilish – eng katta baxt.”

ESTETIK GINEKALOGIYA VA TIBBIY MUOLAJALAR

Estetik ginekologiya nima?

Estetik ginekalogiya bu: Ayollarning intim zonasidagi tug'ma o'zgarishlar, tug'ruqdan keyingi jarohatlar, deformatsiyalar va yosh bilan bog'liq o'zgarishlarni jarrohlik hamda zamonaviy lazer SO2 yordamida tuzatish, tashqi ko'rinish va funksional salomatlikni to'liq tiklashga qaratilgan tibbiyotning eng ilg'or yo'nalishidir.

Afzalliklari: Ayollarda o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarish, jinsiy hayot sifatini yaxshilash va intim hudud salomatligini mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi.

1. Labioplastika (Kichik jinsiy lablar plastikasi)

Nima uchun qilinadi: Tug'ma gipertrofiya, assimetriya yoki tug'ruqdan keyingi o'zgarishlarni bartaraf etish uchun kichik jinsiy lablar hajmi va shakli korreksiya qilinadi.

Muolaja vaqti: 30 – 45 daqiqa (mahalliy og'riqsizlantirish ostida).

Tiklanish vaqti: To'liq bitish vaqti 3–4 hafta.

Parvarish va malhamlar: Antiseptik eritmalar bilan ishlov beriladi, shifokor tavsiya etgan Levomekol yoki Bepanten Plus malhamlari surtiladi.

Jinsiy aloqa cheklovi: 3–4 hafta davomida jinsiy aloqa va og'ir jismoniy mashqlar qat'iy taqiqlanadi.

2. Vaginoplastika (Vagina devorlarini toraytirish)

Nima uchun qilinadi: Tug'ruqdan keyingi jinsiy yo'llar kengayishini bartaraf etish, mushaklar tonusini va intim sezgirlikni to'liq tiklash.

Muolaja vaqti: 1 – 1.5 soat (umumiy yoki spinal og'riqsizlantirish ostida).

Tiklanish vaqti: To'liq tiklanish 6–8 hafta.

Parvarish va malhamlar: Yallig'lanishga qarshi va bitiruvchi maxsus shamchalar hamda malhamlar qo'llaniladi.

Jinsiy aloqa cheklovi: 2 oy (8 hafta) davomida jinsiy hayot va og'ir yuk ko'tarish taqiqlanadi.

3. Klitoroplastika (Kilitra plastika)

Nima uchun qilinadi: Klitor atrofidagi ortiqcha to'qimalarni olib tashlash, sezgirlikni oshirish va estetik ko'rinishni yaxshilash.

Muolaja vaqti: 30 – 40 daqiqa (mahalliy og'riqsizlantirish ostida).

Tiklanish vaqti: 3 hafta ichida to'liq tuzaladi.

Parvarish va malhamlar: Sovuq kompresslar qo'yiladi, antiseptik ishlov berilib, shifokor buyurgan tiklovchi malhamlar surtiladi.

Jinsiy aloqa cheklovi: 3–4 hafta jinsiy aloqadan saqlanish zarur.

4. Intim zona pigmentatsiyasini yo'qotish (Oqartirish)

Nima uchun qilinadi: Intim hududdagi terining qorayishini bartaraf etish va bir xil oq, silliq rangga keltirish.

Muolaja vaqti: 20 – 30 daqiqa (kursi 3–4 ta muolajadan iborat).

Tiklanish vaqti: Terining yangilanishi 5–7 kun davom etadi.

Parvarish va malhamlar: Shifokor buyurgan maxsus namlantiruvchi va oqartiruvchi kremlar surtiladi.

Jinsiy aloqa cheklovi: 3–5 kun jinsiy aloqadan saqlanish tavsiya etiladi.

5. Intim yoshartirish va Plazmoterapiya (PRP)

Nima uchun qilinadi: To'qimalarni yoshartirish, qurish va qichishishni yo'qotish, sezgirlikni kuchaytirish hamda namlikni qaytarish.

Muolaja vaqti: 30 daqiqa (bemorning o'z qonidan plazma tayyorlab kiritiladi).

Tiklanish vaqti: Reabilitatsiya deyarli talab etilmaydi (1–2 kunda tiklanadi).

Parvarish va malhamlar: Maxsus parvarish talab qilinmaydi, shifokor tavsiyalariga amal qilinadi.

Jinsiy aloqa cheklovi: 2–3 kun jinsiy aloqadan saqlanish kifoya.

6. Bachadon bo'yni eroziyasini davolash

Nima uchun qilinadi: Bachadon bo'yni shilliq qavatidagi yaralanish va shikastlanishlarni lazer yoki radioto'lqin usulida davolash.

Muolaja vaqti: 15 – 20 daqiqa.

Tiklanish vaqti: To'liq bitish vaqti 3–4 hafta.

Parvarish va malhamlar: Shifokor buyurgan shamchalar va bitiruvchi malhamlar qo'llaniladi.

Jinsiy aloqa cheklovi: To'liq bitguncha (3–4 hafta) jinsiy aloqa taqiqlanadi.

7. Bachadon bo'yni va devori poliplarini olish

Nima uchun qilinadi: Shilliq qavatdagi ortiqcha o'smalar (poliplar) sababli yuzaga keladigan qonash va og'riqlarni bartaraf etish.

Muolaja vaqti: 15 – 30 daqiqa.

Tiklanish vaqti: 2 hafta ichida tiklanadi.

Parvarish va malhamlar: Antibiotik va yallig'lanishga qarshi muolajalar belgilanadi.

Jinsiy aloqa cheklovi: 2–3 hafta jinsiy aloqada bo'lmaslik tavsiya etiladi.

8. Spiral (Implantsperal - Bachadon ichi kontratseptiv vositasi)

Nima uchun qilinadi: Homiladorlikning oldini olish maqsadida bachadon bo'shlig'iga malakali shifokor tomonidan maxsus spiral o'rnatiladi.

Muolaja vaqti: 5 – 10 daqiqa.

Tiklanish vaqti: 1-2 kun ichida organizm moslashadi.

Parvarish va tavsiyalar: 7-10 kun davomida og'ir jismoniy yuk ko'tarish va issiq vannaga tushish taqiqlanadi.

9. Sistit (Siydik pufagining yallig'lanishi)

Nima uchun kelib chiqadi: Sovqotish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik yoki infeksiyalar tushishi natijasida yuzaga keladi.

Davolash usuli: Bakterial infeksiyaga qarshi zamonaviy lazer SO2 aparati yordamida sistit muammosidan butunlay xalos bo'lasiz. Og'riqsiz va qonsiz jarayon.

Tiklanish vaqti: 5–7 kun ichida to'liq bartaraf bo'ladi.

10. Bachadon miyomasi va uni davolash

Miyoma nima: Bachadon mushak qavatida hosil bo'ladigan xavfsiz o'sma bo'lib, gormonal o'zgarishlar sabab yuzaga keladi.

Qanday davolanadi: Zamonaviy dori-darmonlar yoki kichik invaziv jarrohlik yo'li bilan olib tashlanadi.

Tiklanish vaqti: To'liq tiklanish davri 3–4 haftani tashkil qiladi.

11. Ajralmalar (Intim parvarish va sog'lomlashtirish)

Nima uchun qilinadi: Ayollarning intim salomatligini saqlash, mikroflorani normallashtirish va noqulayliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Ta'siri: Intim hududdagi tabiiy muvozanatni tiklaydi hamda yallig'lanishlarning oldini oladi.

12. Qon ranglari nimani anglatadi?

Muhim tibbiy ma'lumot: Hayz yoki ajralmalar rangining o'zgarishi ayol organizmidagi gormonal holat yoki reproduktiv tizim salomatligi haqida muhim signal beradi.

Nima qilish kerak: Keskin o'zgarishlar sezilsa, o'z vaqtida shifokor-ginekolog ko'rigidan o'tish tavsiya etiladi.

13. Tug'ruqdan keyingi yirtilishlarni tiklash (Razriv)

Nima uchun qilinadi: Tug'ruq vaqtida yuzaga kelgan chandiqlar va noto'g'ri bitgan yirtilishlarni jarrohlik yo'li bilan qayta tiklash.

Muolaja vaqti: 45 – 60 daqiqa.

Tiklanish vaqti: To'liq bitish 4–6 hafta.

0
💬 Shifokor bilan shaxsiy chat
⚠️ Xavfsizlik qoidasi: Rasmlar qabul qilinmaydi. Faqat matnli savol yuboring.
Assalomu alaykum! Savolingizni yozib qoldirishingiz mumkin.